Regulyator 3 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini chaqirib oldi, deya xabar bermoqda bank matbuot xizmati.

Bunga to‘lov tashkilotining litsenziya olingan kundan e’tiboran bir yil davomida faoliyatini amalga oshirmaganligi sabab bo‘lgan.

Xususan, Markaziy bank boshqaruvining qaroriga asosan “International Eco Pay”, “Panda Internet Technology” hamda “UGNIS” tashkilotlarining litsenziyalari chaqirib olindi hamda to‘lov tashkilotlari reyestridan chiqarildi.

Avvalroq, regulyator asosiy stavkani yillik 15% darajasida o‘zgarishsiz qoldirgandi. Bu bo‘yicha tegishli qaror Markaziy bank boshqaruvining yig‘ilishida qabul qilingan. Shuningdek, yil oxirida iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari 5,5% atrofida bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagandi.