Avvalroq, magistratura uchun qishki qabulda til bilish darajasidan qat’iy nazar sertifikatga ega talabgorlar hujjat topshirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Joriy yilning 20-dekabridan 2022−2023 o‘quv yili uchun magistratura qishki qabuli boshlanmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar 2023-yilning 10-yanvariga qadar havola orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomining oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

Ma’lumot uchun, Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, istisno tariqasida faqat ushbu 2022/2023-o‘quv yili magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishiga ruxsat berilgan.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim.

Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati bilan bu yerda tanishish mumkin.