Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga grant ajratilishi bo‘yicha qarorni ma’qulladi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, ajratiladigan grant miqdori 15 mlrd koreya vonini yoki qariyb $12 mln.ni tashkil etadi.

Grant ajratish toʻgʻrisidagi qaror Koreyada boʻlib oʻtgan 17-Xalqaro yangi va nanomateriallar simpoziumi (ISNNM 2022) yakunlari boʻyicha qabul qilindi.

Unda O‘zbekiston va 20 dan ortiq davlat mutaxassislari o‘z ilmiy ishlanmalari va taqdimotlarini taqdim etdi.

Ushbu mablag‘lar hisobidan OKMK qoshidagi O‘zbekiston-Koreya ilmiy-texnologiya markazida sanoat tajriba-sinov sexi tashkil etish va unga uskunalar xarid qilish rejalashtirilgan.

Yangi sexda Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish dasturga asoslangan holda ishlab chiqarishni modernizasiyalash, yangi texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib boriladi.

Bundan tashqari, dastur doirasida noyob metallar va mis sanoati sohasidagi koreyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga ishlash uchun yuborish rejalashtirilgan. O‘z navbatida, zavod muhandislari uchun Koreyada amaliyot o‘tash tashkil etiladi.

Iyun oyida OKMK Finlandiyaning “Metso Outotec” kompaniyasidan 100 mln yevrolik uskuna sotib olishi, orqali boʻlajak “Yoshlik-1” konida qurilayotgan zavod jihozlanishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, noyabr oyida kombinat mazkur kompaniya bilan yana 15 mln yevrolik shartnoma imzoladi.