18-noyabrdan Qozog‘istondagi “McDonald's” barcha restoranlarini vaqtincha yopishi haqida xabar berilgandi.

Bunga mahalliy ta’minotdagi cheklovlar sabab bo‘lgani ta’kidlangandi.

“Bloomberg” nashri xabariga ko‘ra, McDonaldʻs Qozogʻiston bozorini butunlay tark etishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston biznesi Moskvaga qarshi sanksiyalarga duchor bo‘lmasa-da, Rossiyani tark etgan McDonalds o‘zining mahalliy franchayzisiga rossiyalik yetkazib beruvchilardan go‘shtli kotlet sotib olishni taqiqlagan.

Joriy yilning iyul oyida kompaniya texnik sabablarga ko‘ra Qozog‘istondagi restoranlarini yopgandi.

Kompaniya mamlakatda 6 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Qozog‘istonning Olmaota, Ostona, Atirau, Aqto‘be, Qo‘stanay, Qarag‘anda shaharlarida 24 ta “McDonald's” restoraniga ega.

Xabarlarga ko‘ra, Qozog‘istonda yopilayotgan McDonalds o‘rnini “Vkusno — i Tochka fastfud restoranlari tarmog‘i egallashi mumkin.


Avvalroq “Vkusno — i Tochka” fastfud restoranlari tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Rossiya tarmog‘i “McDonald's” mavjud bo‘lmagan MDH mamlakatlari bozorlariga kirishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.