“UzEksport” portali eksport va xalqaro savdo o‘quv dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi xabar berdi.

Loyiha maqsadi O‘zbekistonning kichik va o‘rta kompaniyalariga eksport salohiyatini oshirishda yordam berishdir.

Xalqaro savdo markazining (ITC) texnik ekspertizasi orqali kurs ishtirokchilari bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Treningda ishtirok etish bepul bo‘lib, onlayn va oflayn ravishda tashkil etiladi.

Onlayn darslar o‘quv platformasida tashkil etilsa, oflayn o‘qituvchilar tomonidan boshqariladi.

Unda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

Avvalroq, 27−29-yanvar kunlari Toshkentda “Open Data Challenge” xakatoni bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.