O‘zbekiston “Open Data Inventory” (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 66 ball bilan 40-o‘ringa ko‘tarildi hamda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qoldi.

Open Data Inventory” (ODIN) — rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, ochiq ma’lumotlar siyosatini ilgari surish, milliy statistika organlari bilan ma’lumotlardan foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni yaxshilash va ochiqlikni baholaydi.

o'zbekiston, odin, reyting

Ochiq ma’lumotlar inventarizatsiyasi (ODIN) reytingida O‘zbekiston:

  • 2015-yilda baholangan 125 ta davlat ichida 3 ball to‘pladi va oxirgi 125-o‘rinni egalladi;
  • 2016-yilda baholangan 173 mamlakat ichida 13 ball to‘pladi va 168-o‘rinni egalladi;
  • 2017-yilda baholangan 180 mamlakat ichida 18 ball to‘plab, 167-o‘rinni egalladi;
  • 2018-yilda baholangan 178 mamlakat ichida 19 ball to‘pladi va 168-o‘rinni egalladi;
  • 2020-yilda baholangan 187 mamlakat ichida 63 ball to‘plab, 44-o‘rinni egalladi;
  • 2022-yilda baholangan 192 davlat ichida 66 ball to‘pladi va 40-o‘ringa ko‘tarildi.

Avvalroq O‘zbekiston korrupsiya bo‘yicha xalqaro reytingda 126-o‘rinni egallagandi.

“Transparency International” xalqaro tashkiloti dunyoda korrupsiya bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha 2022-yil uchun hisobotini e’lon qildi.

O‘zbekiston 31 ball bilan 180 ta davlat orasida 126-o‘rinni egalladi va yil davomida reytingda 14 pog‘ona yuqorilab, Rossiyani ortda qoldirdi.

O‘zbekiston 2016-yilda 156-o‘rinni, 2017-yilda 157-o‘rinni, 2019-yilda esa 153-o‘rinni egallagandi. 2020-yilga borib mamlakat ko‘rsatkichi 146-o‘rinni qayd etdi. 2021-yilda esa 6 pog‘ona pastlab 140-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, o‘tgan yili O‘zbekiston “GovTech” yetuklik indeksida 198 ta mamlakatdan 43-pog‘onani egallagandi.

Natijalarga ko‘ra, 198 ta mamlakatdan 154 tasi (78%) raqamli hukumat yoki “GovTech” tashabbuslarini ishga tushirgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, 147 ta mamlakatda (74%) raqamli transformatsiya muammolarini hal qilish uchun tegishli strategiyalar joriy etilgan.

Reytingda O‘zbekiston 43-pog‘onani zabt etib, raqamli transformatsiyalash hamda davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi yetakchi davlatlar “A” guruhiga kiritildi.