Joriy yilning 1−17- mart kunlari “IT Park” rezidenti bo‘lgan “AMEGA ITS” “Business Intelligence Qlik” yo‘nalishidagi dasturiy ta’minot vendori bilan birgalikda onlayn o‘quv marafonini o‘tkazadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Unda IT-kompaniyalari, davlat va tijorat tashkilotlari tomonidan barcha daraja hamda yo‘nalishdagi rahbarlar, IT-mutaxassislari ishtirok etishi mumkin.

O‘quv dasturi 12 ta moduldan iborat bo‘lib, nazariya, amaliyot va real tatbiq jarayonlari amalga oshiriladi.

Dastur “Qlik nima: ekotizim, ishni boshlash”, “Dashbord yaratish va DAR tamoyili”, “Ma'lumotlar asosida tarixlar yaratish"kabi mavzularni o‘z ichiga olgan.

Mashg‘ulotlar rus va o‘zbek tillarida olib boriladi av unda ishtirok etish bepul.

Barcha amaliy topshiriqlarni bajarib, ularni tekshirishga yuborgan ishtirokchilarga dastur yakunida sertifikat topshiriladi.

Arizalarni joriy yilning 28-fevral kuni soat 15:00 gacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Marafon haqida batafsil bu yerda.


Avvalroq, mahsulot menejmenti bo‘yicha bepul kursga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.