2023-yil 1-fevral holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 110 061 tani tashkil etdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.

Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8818 taga oshgan (o‘sish sur’ati 108,7%). Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 317 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 109 744 tani tashkil qildi.

Qayd etilgan tadbirkorlik faoliyati natijasida, 2023-yilning yanvar oyida respublikaning chakana savdo tovar aylanmasi 15,824 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar oyiga nisbatan 91,4%ga yetdi.

Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 3449,6 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 123,9%), kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning tovar aylanmasi 12 375,1 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 85,1%), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 717,2 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 87,8%) tashkil etdi.

2023-yilning yanvar oyida 2022-yilning yanvar oyiga nisbatan respublikaning Toshkent shahri (96,6%), Toshkent (95,6%), Farg‘ona (94,9%) va Buxoro (92,1%) viloyatlarida chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.

chakana savdo, statistika, tijorat

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 26,5% bilan 4 197,3 mlrd so‘m, eng quyi ulushni esa, Sirdaryo viloyati 1,7% bilan 273,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.


Avvalroq “Spot"O‘zbekistonda elektron tijorat bozori hajmi 12 barobar o‘sishi mumkinligi haqida yozgandi.

Uch yil ichida chakana savdo hajmi $52,5 mlrdni tashkil etsa, onlayn savdo ulushi esa $6,8 mlrdga yetadi.