Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 441 nomdagi mahsulotlar bo‘yicha nazorat xaridlari o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 103 nomdagi mahsulotlar amaldagi texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga nomuvofiqligi aniqlangan.
Xususan, 29 nomdagi osh tuzi namunalari sinovdan o‘tkazilib, shundan 76%i ya’ni 22 nomdagi osh tuzi amaldagi talablarga nomuvofiq deb topildi.
Yetarlicha yodlanmagan osh tuzlari:
- “Ideal” osh tuzi;
- “Dunyo” osh tuzi;
- “Saxovat” osh tuzi;
- “Kafolat"osh tuzi;
- “Safo” osh tuzi;
- “Ozoda-uz” osh tuzi;
- “Baraka” osh tuzi;
- “Oshpaz” osh tuzi;
- “Orol” osh tuzi;
- “Yagona ishonch” osh tuzi;
- “Safir” osh tuzi;
- “Zarafshon kumush tuzi” osh tuzi;
- “Salina” osh tuzi;
- “Aziya” osh tuzi;
- “Melkaya” osh tuzi;
- “Osh tuzi” osh tuzi;
- “Fayzli” osh tuzi.
Tuz mahsulotlari qadog‘ida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi shart:
- mahsulot nomi, sorti va hajmi;
- yodlangan qo‘shimchaning nomi;
- tarkibidagi yod miqdori;
- netto og‘irligi (kg);
- ishlab chiqarish sanasi (kun, oy, yil);
- saqlash muddati;
- saqlash shartlari va boshqa ma’lumotlar.
Shuningdek, “Saodat” osh tuzining tashqi ko‘rinishi mazkur me’yoriy hujjat talablariga nomuvofiqligi ma’lum bo‘ldi.
“Bekajon” va “Fayzli” osh tuzlarida ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmaganligi aniqlangan.
Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan tegishi ishlar amalga oshirilgan.
Shu bilan birga, Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan o‘rganishlar davom ettirilib, iste’molchilarning huquqlarining buzilishini oldini olish va yetkazilgan zararni qoplash choralarini ko‘rish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi ma’lum qilingan.
Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda quyosh tig‘ida saqlanmaganligiga e’tibor qaratish, mahsulotning sifati, tashqi qadog‘idagi axborotlarning mavjudligi va mazkur mahsulotni muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlari sanitariya-epidemiologik xulosasi bilan tanishib chiqib, so‘ng xarid qilish zarurligi ta’kidlanmoqda.
Agarda sotuvchi tomonidan yuqoridagi axborotlar taqdim etilmasa qo‘mitaning 1159 raqami bilan bog‘lanish mumkin.