14-mart kuni soat 18:30da IT Park Toshkent filialida Ask VC" hamjamiyatining “I2BF Global Ventures” Amekira venchur fondining investitsiya direktori Denis Kalishkin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv Denis Kalishkin hamda “Venchur tahlilchisi”, “Mahsulot menejeri”, “Y Combinator startup school” kurslari bitiruvchilari va “Ask VC” hamjamiyatining boshqa aʼzolari bilan munozara shaklida oʻtkaziladi.

Unda mehmonlar oʻz savollarini berishlari, IT sohasidagi yangi tendensiyalarni muhokama qilishlari, fikr almashishlari va kurslarda oʻquv dasturi haqida koʻp foydali maʼlumotlarni bilib olishlari mumkin boʻladi.

Uchrashuvda ishtirok etish uchun 14-mart soat 15:00 gacha havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” Project va Product menejerlari kimlar mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tishi haqida yozgandi.

Unda ishtirok etish bepul boʻlib, buning uchun 9-mart soat 18:00gacha roʻyxatdan oʻtish kerak.