10-mart kuni soat 18:30 da IT Park Toshkent filialida “„Project“ va „Product“ menejerlari kimlar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir spikeri — “Orient Group"ning HR-Tech loyihasi menejeri Aleksandr Gushin boʻladi.

Uchrashuvda spiker “Project” va “Product” menejerlari kimligini, ushbu rollar qanday oʻxshashligini va ular qanday farq qilishini soʻzlab beradi.

Sessiya oʻz mahsulotini ishlab chiqayotgan bizneslarga, ichki yoki tashqi mijozlarga, shuningdek, mahsulotni ishga tushirishni oʻylayotganlarga qiziqarli boʻladi.

Tadbirda ishtirok etish bepul boʻlib, uchrashuv rus tilida boʻlib oʻtadi.

Ishtirok etish uchun arizalarni 9-mart, soat 18:00 gacha havola orqali yuborish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Aleksandr Gushin — sertifikatlangan IT Project va Product menejeri. Ilgari u Foji fotosessiya marketpleysining asoschisi va mahsulot menejeri, shuningdek “Sberbank”, “Rostelekom”, “Gazprom Neft"da loyiha menejeri boʻlgan.


Avvalroq “Spot” Lokals ekspertlari tomonidan reklama strategiyasi bo‘yicha ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tishi haqida yozgandi.