“ALPHA Education"da marketing strategiyasining ahamiyati haqida ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Spot"ga o‘quv markazi ma’lum qildi.

“Strategiya ijodkorlikdan muhimroqdir” mavzusidagi ma’ruzada “Red Jolbors”, “KIAF”, “Ad Black Sea” va “White Square” reklama festivallarida ko‘p yillik tajriba va sovrinlarga ega bo‘lgan “Lokals Central Asia” mutaxassislari chiqish qiladi.

Agentlik strategi va hamkori Alua Imangazi 13 yildan buyon marketing sohasida ishlaydi. Shu vaqt ichida u “Kaspi”, “Beeline”, “Yandex”, “Skillbox”, “Borjomi”, “Danone”, “Pepsi”, “Toyota”, “McDonald's”, “Texnomart”, “Oson”, “Payme”, “Asl Baraka” va boshqa loyihalarda ishtirok etgan.

Ikkinchi ma’ruzachi — reklama sohasida 22 yillik tajribaga ega “Lokals Central Asia” ijodiy direktori Ilya Kodintsev. Uning portfelida “P&G” (Ariel, Pampers), “Pepsi”, “McDonald's”, “Nestle” (Nesquik, Nescafe), “Garnier”, “Efes”, “Heinkel”, “Schwarzkopf”, “Sberbank”, “AirAstana” va boshqalar loyihalari mavjud.

Ma’ruza tinglovchilari quyidagi savollarga javob oladilar:

  • nima uchun aniq strategiyasiz reklamaga sarflashni boshlash mumkin emas;
  • nima uchun yorqin va shov-shuvli bo‘lish yetarli emas;
  • nima uchun izchillik va uzoq o‘yin ko‘proq foydali.

Ma’ruza 3-mart kuni soat 10:00 da boshlanadi. Tadbirda ishtirok etish bepul.

Joylar soni cheklangan. @ALPHA_talks_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.


Avvalroq “Spot” Qlik bo‘yicha o‘n ikki kunlik bepul marafonga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Unda IT-kompaniyalar, davlat va tijorat tashkilotlari rahbarlari, IT-mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.