O‘zbekistonliklar o‘tgan yanvar oyida 6 ta mamlakatdan qiymati $13 mln.ga teng 389 ta elektromobil xarid qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Bunda avtomabillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 266 taga oshgan.

Eng ko‘p elektromobil import qilingan davlat yetakchiligini Xitoy egallamoqda. Bu davrda mamlakatdan 346 ta elektromobil olib kelingan.

Yanvar oyida Xitoy yengil avtomobillar importida ham yetakchi bo‘lgandi.

Undan keyingi o‘rinlarda Gonkong (29 ta), Germaniya (8 ta) hamda BAA (3 ta) turibdi.

2022-yilda xorijdan qiymati $69,8 mln.ga teng 2 180 dona elektromobil import qilingan. Bunda Xitoy yetakchi boʻlib, mamlakatdan 1 941 dona elektromobil olib kelingan.

Natijada ko‘rsatkich avgust oyidagiga nisbatan 442 taga oshgan.