Shahrisabz-Samarqand-Shahrisabz yo‘nalishi bo‘yicha poyezd harakati qo‘yildi, deya xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi"ning matbuot xizmati.

Qatnov joriy yilning 20-martidan boshlab har kuni yangi 07/08-sonli tezyurar yo‘lovchi poyezdida amalga oshiriladi.

Harakat jadvali quyidagicha:

7-sonli Shahrisabz-Samarqand yo‘nalishi:

  • Shahrisabz 07:03 — Samarqand 10:54

8-sonli Samarqand-Shahrisabz yo‘nalishi:

  • Samarqand 17:52 — Shahrisabz 21:22

Avvalroq, Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar qo‘yilgandi.