7 mart kuni Toshkentda “Yandex Eats” yetkazib berish xizmati ishga tushirildi.

Hozirda “Yandex Eats” xizmatiga FeedUp, Bon!, Oqtepa Lavash va shahar boʻyicha 250 dan ortiq boshqa restoranlar, oziq-ovqat va ichimliklar, gul doʻkonlari va boshqalar qoʻshilgan.

“Yandex” xalqaro rivojlanish bo‘limi rahbari Natalya Lozaning soʻzlariga koʻra, kompaniya O‘zbekistonda “Yandex Eats"ni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarni ko‘rmoqda. Bu yerda restoran biznesi yaxshi rivojlangan va har kim ham oʻz yetkazib berish xizmatiga ega emas.

“Shu sabab hamkorlar va foydalanuvchilar uchun taomlar va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni shahar aholisi uchun yana bir qulay va tezkor kundalik ehtiyojiga aylantirishga yordam beradigan xizmatni taklif qilishga tayyormiz”, — deydi Natalya Loza.

“Spot” “Express24” va “Broniboy” yetkazib berish xizmatlari asoschilari Akmal Payziyev va Aleksandr Avdeyev hamda restoratorlar va “Fish&Fish” agentligining hammuassislari Oleg Yudin va Lana Badu bilan suhbatlashib yangi oʻyinchining kirishi haqida qanday fikrda ekanliklarini bilib oldi.


“Raqobat yaxshi, ammo u adolatli bo‘lishi kerak”

Express24” yetkazib berish xizmati asoschisi Akmal Payziyev “Yandex Eats"ning kirib kelishiga ijobiy fikr bildirdi. Negaki ko‘pchilik uchun yetkazib berishda ishlash pul topish uchun imkoniyatdir.

Butun dunyoda yetkazib berish bo‘yicha ishlash — bu kasbning boshlanishi, talabalar va maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan odamlar uchun daromad manbai hisoblanadi.

“Ishsizlik muammosi ancha keskin bo‘lgan mamlakatimiz uchun „Yandex Eats“ bozorga kirishi yaxshi”, — dedi u.

Biroq, shu bilan birga, Payziyev raqobat adolatli bo‘lsa yaxshi bo‘lishini eslatib o‘tdi. Uning fikricha, agar o‘yinchilar faoliyatini amalga oshirishdagi shartlar bir xil bo‘lsa, bu uning jamoasiga mahsulotni “nasoslash” uchun yaxshi chaqiriq bo‘ladi.

Broniboy” yetkazib berish xizmatining operatsion direktori Aleksandr Avdeyev ham yangi o‘yinchining kirishi bozorni rivojlantirishga yordam beradi degan fikrda.

Uning fikricha, bunday kuchli va tajribali o‘yinchilar ko‘p odamlarga yetkazib berishning barcha afzalliklari haqida aytib berishga yordam beradi. Natijada talab o‘sishni boshlaydi — bundan butun bozor foyda ko‘radi.

“Yandex O‘zbekistonda — AD, taksilar, xaritalar va boshqa mahsulotlar sohasida faol rivojlanmoqda. Ishonchim komilki, ularning bozorga ta’siri juda katta bo‘ladi. Bu bizga qo‘l keladi, chunki o‘sib borayotgan bozorda tezroq rivojlanish mumkin”, — hisoblaydi Aleksandr.

broniboy, delivery, express24, yandex eats

Rossiya operatori bozor yetakchisiga aylana oladimi?

Rossiya restoran menejment maktabi “Novikov School“ning vakillari, restoratorlar va “Fish&fish agentligining hammualliflari Oleg Yudin va Lana Baduning fikricha, agar O‘zbekiston yaqin yillardagi rivojlanishning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilsa, afsuski, “Yandex Eats” yaqin yillarda bozor yetakchisiga aylanadi.

Ularda buning uchun hamma narsa bor: o‘ta jiddiy byudjetlar, katta raqamli operatsion guruh va tajriba, ular yangi hududlarga qanday qilib to‘g‘ri kirishni va mahalliy o‘yinchilarni yengishni va yana ko‘p narsalarni bilishadi.

“Yandex Eats” hozirdanoq Toshkentning eng keksa, eng yirik va jiddiy o‘yinchilari, xususan “Bon!”, “Oqtepa Lavash” bilan shartnomalar imzolamoqda. “Yandex” shuningdek, 2023-yilda mamlakatda maktab o‘quvchilari uchun dasturlash kurslari va Yoqilg‘i quyish shoxobchasi xizmatini ishga tushirishni rejalashtirgan, shuningdek, o‘zining aqlli shoxobchalarini sotishni boshlagan.

“Shuning uchun biz bemalol ayta olamizki, Yandex O‘zbekistonga jiddiy ravishda va uzoq vaqtga o‘z mahsulotlarining keng assortimenti bilan kirib kelmoqda”, — dedi Lana Badu.

Aleksandr Avdeyev ham hammasi ularning niyatlariga bog‘liq ekanligi, agar xohlasalar, bozor yetakchisiga aylanishlarini qayd etdi. Savol faqat shundaki, ular bunga qancha pul sarflashlariga to‘g‘ri keladi.

“„Bozor yetakchisi“ tushunchasiga nimani qo‘yganimizga qarab yondashish kerak. Bunda bir qator mezonlar mavjud va bu faqat savdo hajmi emas. Birinchi raqamli kompaniya bo‘lish uchun iste’molchilar ishonchini qozonish, ular faoliyat yuritayotgan mamlakat oldidagi biznesning odobliligi va mas’uliyati muhimdir”, — deydi “Express24” asoschisi.

U “Yandex” yirik kompaniya ekanligini, uning tajribasi, katta imkoniyatlari va mablag‘i borligini qayd etdi. Shu bilan birga u “Express24"ning kuchli tomonlari: O‘zbekistonga qaratilgan e’tibor, mahalliy bozorni bilish, o‘rnatilgan aloqalar va mijozlar bazasi, tezkor yetkazib berish va arzon narxda ekanligini qayd etdi.

broniboy, delivery, express24, yandex eats

Foydalanuvchi bundan qanday yutadi?

Oleg Yudin va Lana Baduning qayd etishicha, foydalanuvchi uchun bu yangilik 100%ga ijobiydir. Ular nafaqat oziq-ovqat yetkazib berish, balki barcha turdagi mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha qulay xizmatga ega bo‘lishadi.

Har yili yetkazib berish muddati qisqarib-qisqarib boraveradi. Bu juda aniq tendensiya. Xuddi Moskvadagi kabi. Yaqin yillarda Toshkentda yetkazib berish standarti 45 daqiqadan 1 soatgacha bo‘ladi.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish bozorining o‘sishi bilan birga yetkazib berish bozori ham o‘sadi. Hamma narsa Rossiyadagi kabi yuz bermoqda. Misol tariqasida so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi eng yirik pitseriya tarmog‘i tez ovqatlanish segmentida o‘z yetkazib berish xizmatini faol ravishda kengaytirayotganini keltirish mumkin. Va ular yetkazib berishni boshqarishda juda professionaldirlar.

“Yaqin yillarda O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish bozori ham, yetkazib berish bozori ham o‘sadi, Statista ma’lumotlariga ko‘ra, oziq-ovqat yetkazib berish bozori 2026-yilgacha har yili 13%ga o‘sadi va yetkazib berish bilan qamrab olingan foydalanuvchilar soni 700 ming kishiga yetadi”, — deydi Lana.

Umuman olganda, Akmal Payziyev va Aleksandr Avdeyevning fikricha, yangi o‘yinchilarning kirib kelishi, raqobat yetkazib berish bozorining rivojiga olib keladi.

Mahaliy bozorning rivojiga nima yetishmayabdi?

Payziyevning fikricha, bozorning rivoji uchun raqamli mahsulotlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi aniq qonunlar, barcha uchun bir xil o‘yin qoidalari bo‘lishi kerak.

Bu nafaqat yetkazib berish, balki IT bilan shug‘ullanadigan har bir kishiga taalluqli.

“Mahalliy kompaniyalarning pozitsiyasi ba’zan jazolanishi mumkin bo‘lgan sevilmagan bolalarga o‘xshaydi. Va chet ellik mehmonlar, ularning harakatlariga ko‘z yumishingiz mumkindek. Bu to‘g‘ri emas. Hamma teng bo‘lishi kerak”, — deydi tadbirkor.

broniboy, delivery, express24, yandex eats

Aleksandr hozirda mahalliy bozorni baholash juda qiyinligi, u nafaqat shakllantirilishi, balki to‘liq quvvat bilan ishlashi uchun hali qilinadigan ishlar ko‘pligini qayd etdi.

“Asosiysi, O‘zbekistonda odamlar ovqatlanishni yaxshi ko‘radilar. Biz ularga buni qanday tez va qulay qilish kerakligini ko‘rsatishimiz kerak”, — deydi u.

Oleg Yudin va Lana Baduning fikricha, oziq-ovqat yetkazib berish bozori endigina faol rivojlana boshladi, bozorda faqat bir nechta professional o‘yinchilar bor. Bu haqiqatan ham juda oz.

Shuningdek, ekspertizalar va jiddiy raqobatchilar yetishmaydi.

“Rostini aytsam, bu yer biroz vaqt oldingi Moskvaga juda o‘xshash. Vaholanki, so‘nggi 3 yil ichida men Toshkentda jiddiy o‘zgarishlarni ko‘ryapman. Bir nechta kompaniyalar bozorni faol ravishda oldinga siljitmoqda. Bundan tashqari, o‘zgarishlarning jiddiy drayveri — „Yandex Eats“ kirib keldi”, — deydi Oleg.

Statista maʼlumotlariga ko‘ra, 2026-yilga borib O‘zbekistonda restoranlardan oziq-ovqat yetkazib berish segmentidagi daromad $6,07 mlnni tashkil etadi, hisob-kitoblar natijasida 2023-yilga kelib daromad $4 mlngacha yetishi mumkinligini aniqlash mumkin.