“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkazilishi munosabati bilan 23−31-mart kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga 21% chegirma e’lon qiladi.

Chegirma 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan (O‘zbekiston fuqarosi) maktab o‘quvchilari, talabalar va yoshlar uchun amal qiladi.

Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keyingi kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi.

To‘liq foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirganda, agar jo‘nash sanalaridan biri chegirma tugagan vaqtdan keyinga to‘g‘ri kelmasa, to‘liq tarif darajasiga chegirmalar qo‘llanilmaydi.

Chegirmali aviachiptalarni rasmiylashtirish uchun faqatgina “Uzbekistan Airways Sales” yoki uning agentlariga murojaat qilish kerak.


Avvalroq “Spot” Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan ichki turizm uchun chegirmalar e’lon qilingani haqida yozgandi.

O‘zbekistonliklar 19−20−21−22−23-mart kunlari mamlakatdagi ayrim muzey, mehmonxona, hamda ovqatlanish shoxobchalari xizmatlaridan chegirma bilan foydalanishlari mumkin.