Madaniy meros agentligi tomonidan aholidan madaniy boyliklarni sotib olishga mo‘ljallangan portal ishga tushirildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, endilikda aholi milliyboylik.uz platformasi orqali madaniy boyliklarni topshirishlari mumkin.

Arizalar agentlik tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda 5 kun ichida arizachi bilan uchrashuv belgilanadi.

Undan keyin ashyo qabul qilinib, badiiy ekspertlar kengashi tomonidan 30 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va baholanadi.

Shundan so‘ng, badiiy ekspertlar kengashi xulosasiga asosan arizachi bilan shartnoma imzolanadi yoki ariza rad etiladi.

Shartnoma imzolanib ashyo qabul qilinganidan so‘ng, umumiy summaning 15%i to‘lab beriladi hamda ashyo muzeyga topshirilgandan keyin esa qolgan 85% to‘lov amalga oshiriladi.

Arizalarni havola orqali ro‘yxatdan o‘tgach topshirish mumkin.


Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining Vazirga murojaat portali ishga tushgandi.