Islom taraqqiyot banki Qoraqalpog‘istondagi qishloq hududlarini rivojlantirishga $200 mln ajratdi, deya xabar bermoqda O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining matbuot xizmati.

Bu bo‘yicha bank delegatsiyasi rahbari Vaxyu Vijayantoning Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov, Iqtisodiyot va Moliya vazirligining loyihani amalga oshirish guruhi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ta’kidlangan.

Tomonlar Qoraqalpog‘istonning maqsadli hududlarida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining borishi va loyiha tashabbuslarini amalga oshirishdagi muammolarni muhokama qildi.

“Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalliy aholining faol ishtiroki orqali qishloq hududlarini rivojlantirishdan iborat”, deyiladi xabarda.

Loyiha O‘zbekistondagi 113 ta qishloqni rivojlantirish rejalarini o‘z ichiga oladi.

Shundan 31 tasi Qoraqalpog‘istonning 5 ta tumanidagi 160 ta ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan.

Avvalroq, mazkur bankning O‘zbekistonda maktablarni qurishga mablag‘ ajratishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.