“OPEK” Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi “ACWA Power” bilan 500 MVt quvvatga ega Jankeldi shamol elektr stansiyasi va 500 MVt quvvatga ega Bash shamol elektr stansiyasini qurish va ishlatishni qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy $40 mln miqdoridagi kredit bitimlarini imzoladi. Bu haqda jamg‘arma rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Jankeldi shamol elektr stansiyasini moliyalashtirish qurilish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish hamda 128 km uzunlikdagi elektr uzatish infratuzilmasini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. Stansiya yiliga 1550 GVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Bosh shamol elektr stansiyasi yiliga 1650 GVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqaradi va 160 km uzunlikdagi elektr uzatish infratuzilmasini qurish va o‘rnatishni o‘z ichiga oladi. Birgalikda stansiyalar karbonat angidird emissiyasini 1,8 mlrd tonnaga kamaytiradi.

Avvalroq Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Buxoroda umumiy quvvati 1 GVt boʻlgan ikkita shamol elektr stansiyasi qurish uchun $520 mlnlik ikkita sindikatlashtirilgan kredit ajratishi ma’lum qilingandi.

Bankning Bosh shamol elektr stansiyasiga (WPP) $277 mln miqdoridagi krediti YeTTBning shaxsiy hisobiga $150 mln miqdoridagi A krediti va tijorat kreditorlariga sindikatlanadigan $127 mln.i B kreditidan iborat bo‘ladi.

Bankning “Jankeldi GES"ga $243 mln miqdoridagi krediti bank hisobidagi $150 mln qiymatdagi kreditdan iborat bo‘ladi, qolgan $93 mln.i esa tijorat banklariga sindikatlanadi.

Loyihalar YeTTB va O‘zbekiston hukumati hamkorlikda ishlagan uzoq muddatli karbonsizlanish strategiyasini amalga oshirishga hissa qo‘shmoqda, bu esa 2050-yilgacha uglerodsiz energiya sektoriga erishish rejasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ikki loyiha Germaniyaning “Deutsche Investitions und Entwicklungsgesellschaft” rivojlanish moliya instituti, Frantsiyaning “Proparco” taraqqiyot agentligi, “Standard Chartered Bank” va boshqa banklar tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi.

OPEK Xalqaro Taraqqiyot Jamg‘armasi (OPEK Jamg‘armasi) 1976-yilda tashkil etilgan. U a’zo mamlakatlardan a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga faqat moliyalashtirishni ta’minlaydigan global miqyosda vakolat berilgan yagona rivojlanish instituti hisoblanadi.