“Uzbekistan Airways” uch yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent-Jakarta-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarini tiklamoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Parvozlar shu yilning 26-aprelidan boshlab haftaning chorshanba kunlari Dreamliner 787 avialaynerida amalga oshiriladi.

Bir tomon uchun aviachiptalar narxi 4,7 mln so‘mdan, borish va qaytish uchun esa 8,4 mln so‘mdan boshlanadi.

Qulay ulanish reyslari tufayli “Uzbekistan Airways” yo‘lovchilari nafaqat Indoneziya poytaxtiga, balki Bali oroliga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Parvozlar jadvali: (vaqtlar har bir manzil uchun mahalliy hisoblanadi)

  • Toshkentdan uchish — 09:00, Jakartaga kelish — 17:30;
  • Jakartadan uchish — 19:00, Toshkentga kelish — 03:30.

Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airways” 13-apreldan Tokioga aviaqatnovlarni tiklayotgani haqida yozgandi. Toshkentdan Tokioga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar har hafta payshanba kunlari amalga oshiriladi.