Rossiya biznesining MDHda ombor maydoniga bo‘lgan talabi o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar oshdi, deb yozadi “Kommersant” “NF Group” ma’lumotlariga tayanib.

Mamlakat kompaniyalarining postsovet mamlakatlaridagi omborlarga bo‘lgan so‘rovlari soni bahorning boshiga ikki baravar ko‘payib, deyarli 400 ming kv.m.ni tashkil qilgan.

Tahlilchilar 2022-yilda boshlangan talabning o‘sishini mamlakatni tark etgan kompaniyalar tovarlarining parallel importi tashkil etilgani bilan bog‘lashmoqda.

Rossiya Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil dekabriga kelib, mart oyida ishga tushirilgandan beri parallel import hajmi $20 mlrdga yoki taxminan 2,4 mln tonnaga yetgan.

Beloruss va Markaziy Osiyo respublikalari ushbu tovarlar importining asosiy kanaliga aylandi.

“Bir qator xalqaro firmalar MDHdagi faoliyatini Rossiyadagi faoliyatini davom ettirish imkoniyati sifatida ko‘rmoqda”, — dedi “Noytech Supply Chain Solutions” kompaniyasi vitse-prezidenti Yevgeniy Makarov.

“NF Group” hamkori Konstantin Fomichenkoning so‘zlariga ko‘ra, Qozogiston, Gruziya, Armaniston, Qirgiziston va Tojikistonda bo‘sh joylar deyarli yo‘q.

Belorusda logistika omborlaridagi bo‘sh joy darajasi 1,6 mln kvadrat metrning 2,8%idan, Ozbekistonda esa 207 ming kvadrat metrning 4,5%idan oshmaydi.

“NF Group” yirik chakana sotuvchilar va bozorlar, shuningdek, logistika operatorlari tomonidan omborlarga bo‘lgan talabni ta’kidladi.

“Ghelamco” tijorat direktori Aleksandr Perfiliev ta’kidlashicha, “Wildberries” va “Ozon” bunday so‘rovlarning 80%ini tashkil qiladi.

Shunday qilib, o‘tgan yilning oxirida “Wildberries” Qozogistonda ombor maydonini kengaytirish rejalarini e’lon qildi. Kompaniya Olmaota hokimliklari bilan logistika markazini qurish bo‘yicha $100 mln.ga dastlabki kelishuvga erishdi.

Avvalroq “Wildberries” kompaniyasi O‘zbekistonda savdo-logistika majmuasi qurish haqida kelishuvga erishilgani haqida xabar berilgandi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida kompaniya vakillari bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qiymati $130 mln.lik savdo-logistika majmuasi qurish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.


Avvalroq “Spot” rossiyalik tadbirkorlarning MDH davlatlarida logistika omborlariga talabi ortayotgani haqida yozgandi.

“Nikoliers” ko‘chmas mulk departamentining mintaqaviy direktori Viktor Afanasenko Qozog‘iston va O‘zbekistonda omborxonalarni qidirish boʻyicha arizalar koʻpayganini ma’lum qilgandi.