Farg‘onada Inkubatsiya va akseleratsiya markazi ochildi, deya xabar bermoqda “IT Park” matbuot xizmati.

Markaz axborot texnologiyalari sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish va bu yo‘nalishda yoshlar salohiyatidan foydalanish maqsadida tashkil etilgan.

Qayd etilishicha, bu oliy ta’lim muassasalaridagi 42-inkubatsiya va akseleratsiya markazi bo‘lgan.

Bu yerda har chorakda inkubatsiya dasturlari, xakatonlar, ideatonlar, tanlovlar, seminarlar, vebinarlar, master-klass va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, talabalarning axborot texnologiyalari sohasini egallashi, istiqbolli startap loyihalarini tayyorlash va ishga tushirish uchun sharoitlar mavjud.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda Inkubatsiya va akseleratsiya markazi tashkil etilgandi.