Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi tashkil etildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Markaz startap loyihalarini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarning ilmiy hamda innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va tijoratlashtirishga qaratilgan.

O‘tgan yilning sentabr oyida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida ham Inkubatsiya va akseleratsiya markazi tashkil etilgandi.

Umuman, 2021-yili “IT Park” inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini yo‘lga qo‘ygandi.

Shundan so‘ng, Nukus va Urganch shaharlarida bu kabi markazlar tashkil etilgandi.