“WePlay Ventures” barcha platformalarda o‘yinlar ishlab chiquvchi studiyalar uchun uch oylik akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Dastur “WePlay Hub” tarmog‘i, o‘yin sanoati mutaxassislari, tajribali biznes ta’sischilari va investorlar bilan tanishish imkonini beradi.

Baholash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan studiyalar $300 minggacha sarmoya va 15% kapitalni olishlari, shuningdek, “WePlay Starz"ga qo‘shilishlari mumkin.

Dasturda Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridan barcha platformalar — mobil, konsol, kompyuter va Web3 uchun o‘yinlar ishlab chiqadigan studiyalar ishtirok etishi mumkin.

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • pre-seed va seed bosqichida bo‘lishi;
  • asosiy o‘yin ishlab chiquvchi studiyasi bo‘lishi;
  • jamoada kamida 4 kishi bo‘lishi;
  • belgilangan hududlardan bo‘lishi.

Arizalarni havola orqali jo‘natish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq “Microsoft Office Specialist” chempionati uchun tayyorgarlik kurslariga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.