Ruminiyada ishlash istagidagi o‘zbekistonliklar binolarni buzish va qurish, mozaika plitkalarini terish, parket terish, yuklarni tushirish va ortish bo‘yicha yordamchi ishchi sifatida ishlarga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Ish vaqti haftasiga 40−48 soatni tashkil etadi hamda oylik 650 yevro miqdorida oylik ish haqi ajratiladi.

O‘zbekistondan Ruminiyaga bo‘lgan aviachipta, Ruminiya ishchi vizasi va ishlash ruxsatnomasi, yotoqxona hamda ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

Nomzodlar uchun talablar:

  • 20−45 yosh;
  • rus tilini bilishi;
  • 1 yillik ish tajriba;
  • sudlanmaganlik.

Suhbatga 3×4 rasm, biometrik va xorijga chiqish pasporti bilan kelish talab etiladi hamda unda faqat ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

Arizalarni havola orqali 12-aprel kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha jo‘natish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar uchun tanlov vaqti va joyi qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

Batafsil ma’lumotni 71 202−33−55 yoki 1282 qisqa raqamidan olish mumkin.