Joriy yilning 17-martidan 7-apreligacha O‘zbekistonda o‘tgan yilgi hosil sabzisining o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 4000 dan 6000 so‘mgacha ya’ni uch haftada 50%ga oshgan. Bu haqda “EastFruit” ma’lum qildi.

O‘tgan yillning bahorida Toshkentdagi ulgurji bozorlarda yangi hosil (“yosh”) sabzisining birinchi yirik partiyalari mart oyining 20-sanalarida, 2021-yilda esa ilk ulgurji partiyalari taxminan mart oyi o‘rtalaridan boshlab bozorga chiqqandi.

Biroq o‘tgan hafta oxiriga kelib ham, poytaxt ulgurji bozorlarida yangi hosil sabzisining yirik partiyalari chiqmadi. Umuman, sabzining yirik partiyalari bozorga kirib kelishi ancha kechikmoqda.

Natijada o‘tgan yilgi hosil sabzisining narxi ketma-ket uchinchi hafta ko‘tarilmoqda va ulgurji narxlar 1,5 barobar oshib, rekord darajaga yetdi.

Mart oyining ikkinchi yarmi va aprel oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekistonda o‘tgan yilgi hosil sabzisi narxining keskin oshishiga tashqi bozorlar omili asosiy sabab emasligi ta’kidlangan.

Bu davrda O‘zbekistondan sabzi eksporti hajmi 3,3 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,6 barobarga, 2021-yilning shu davriga nisbatan esa deyarli 3 barobarga ko‘p ekanligini ko‘rsatmoqda.

So‘nggi bir necha hafta ichida narxlarning bunday o‘sishiga tashqi bozorlar ta’siri asosiy omil bo‘lmadi va bunday dinamika, asosan, ichki bozordagi talab va taklif nisbati bilan shakllandi.

Avvalroq “EastFruit” mutaxassislari O‘zbekiston bozorlaridagi pomidor narxini tahlil qilgandi.