“Panorama Airways” kompaniyasi Toshkent va Madina (Saudiya Arabistoni) o‘rtasida parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“Bu O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishdagi birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysdir”, deyiladi xabarda.

Xususiy aviatashuvchi mazkur yo‘nalishdagi parvozlarni hajga ketayotgan musulmon ziyoratchilar uchun amalga oshirmoqchi.

Aviaqatnov joriyi yilning 21-aprelidan boshlab, har kuni yo‘lga qo‘yiladi. Toshkentdan ushich vaqti — 19:15.

“Panorama Airways” xususiy aviakompaniyasi 2021-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2022-yilning kuzida havo kemasi ekspluatatori sertifikatini oldi.

Aviakompaniya O‘zbekiston, shuningdek, BAA, Isroil, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarga yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.

O‘tgan yilning dekabr oyida kompaniya ilk tijoriy reysni amalga oshirdi.