4-may kuni soat 18:30 da “IT Park” Toshkent filialida startapperlar va yoshlar uchun uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir spikeri — “Google for Startups"ning Silkway Accelerator dasturidan oʻtish tajribasiga ega oblako.dev hammuassisi Ganjigur Natsagdorj boʻladi.

Uchrashuv davomida spiker startap yaratish va rivojlantirish tajribasi bilan boʻlishadi.

U yosh startapperlarga yirik fondlar va investorlardan investitsiyalarni qanday jalb qilish va xalqaro bozorga kirish yo‘llarini soʻzlab beradi.

Oblako.dev — bu IT talabalari, frilanserlar va kichik startaplar uchun veb-xostingni soddalashtirish uchun moʻljallangan bulutli saqlash dasturi hisoblanadi.

Dastur Markaziy Osiyoda bulutli xizmatlar bozoriga innovatsiyalarni joriy etish bilan shug‘ullanuvchi Mo‘g‘ulistonning “Fibo Cloud” IT kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Uchrashuv yakunida spikerlar xosting uchun vaucherlar, shuningdek roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar orasida Kahoot testi gʻolibiga sovgʻa berishadi.

Tadbir rus va ingliz tillarida oʻtkaziladi. Unda ishtirok etish uchun 4-maygacha havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.