Avvalroq “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumi uchun arizalar qabuli boshlangandi.

Undan keyin, taklif kiritish bosqichi yakunlanib, ovoz berish jarayoniga start berildi.

Kiritilgan takliflarga ovoz berish jarayoni 7-maygacha amalga oshirildi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun aholi tomonidan 10 317 ta taklif ro‘yxatga olingandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilgi mavsumga ovoz berish jarayoni yakunlandi.

27-apreldan 7-may kuniga qadar davom etgan ovoz berish jarayoni natijalariga ko‘ra, 517 ta loyiha g‘olib deb topildi. Xususan, loyihalarga 8,9 mln aholi ovoz bergan.

Hududlar kesimida eng ko‘p g‘olib loyihalar Toshkent viloyati (55 ta), Qoraqalpog‘iston (54 ta), Samarqand (40 ta) va Andijon (40 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qayd etilishicha, g‘olib bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirishga 412,4 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.


Avvalroq “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ham “Open budjet” portali orqali e’lon qilinishi haqida xabar berilgandi.

Jarayon uch bosqichda amalga oshirilib, loyihalar to‘plamiga berilgan ovozlar soni yoki aholisi soni kam bo‘lgan mahallalarga tuzatish koeffitsientini qo‘llagan holda aniqlanadi.