Avvalroq Ukrainaning “Uklon” taksi va yetkazib berish agregatori O‘zbekistonda bir nechta bo‘sh ish o‘rinlarini ochgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida “Uklon” texnologik kompaniyasi ta’sischisi Dmitriy Dubrovskiy bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo” nashri xabar berdi.

Unda kompaniyaning o‘zbekistonlik hamkorlari bilan aloqalarini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

Xususan, kompaniya vakillari Ukrainadagi mavjud vaziyat va biznes uchun qiyinchiliklarga qaramay, yuqori salohiyatga ega mamlakatlarga sarmoya kiritib, o‘z faoliyatini kengaytirishga qaror qilganini ta’kidladi.

“Biz bir nechta bozorlarni tahlil qildik va bir qator omillarni hisobga oldik. Bular — iqtisodiyot, raqobat, madaniyatni tushunish va albatta, strategik salohiyat. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlardan ilhomlandik, shu bois bu yerda biznes va ish o‘rinlariga sarmoya kiritishga qaror qildik”, — dedi “Uklon” vakillari.

Uchrashuv yakunida kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga kirishini ta’minlash maqsadida muloqotni davom ettirishga kelishildi.

Toshkentdagi “Uklon” jamoasiga quyidagi mutaxassislar jalb qilinishi qayd etilgandi:

Uklon” — Ukrainadagi eng yirik onlayn taksi chaqiruvi va yetkazib berish xizmati. Kompaniya o‘z faoliyatini 2010-yilda boshlagan.

Agregator hozir mamlakatning 28 ta shahrida o‘z vakolatxonalariga ega. “Uklon” orqali mashinaga buyurtma berishda taklif qilingan sayohat narxini sozlash mumkin (inDrive-da shunga o‘xshash mexanizm mavjud).