“Silk Avia” Qurbon Hayit bayrami munosabati bilan chiptalariga 30%gacha chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.

Chegirmalar 27-iyundan 2-iyulgacha “Silk Avia"ning barcha yo‘nalishlar uchun joriy etiladi.

Xususan, bayram kunlari Samarqandga 12 yevroga, Navoiyga 18 yevroga, Nukusga esa atigi 36 yevroga uchish mumkin bo‘ladi.

Chiptalarni aviatashuvchining rasmiy veb-sayti yoki O‘zbekiston aeroportlarida joylashgan kassalarda xarid qilish mumkin.

Avvalroq “Silk Avia” kompaniyasi 1-iyundan yangi yo‘nalishlarga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.

Toshkentni Farg‘ona va Nukus bilan bog‘lovchi aviakompaniya Farg‘onadan Urganch, Buxoro va Navoiyga ham parvozlarni amalga oshiradi.

Shu bilan birga, birinchi oyda parvozlar amalga oshirilgan barcha boshqa yo‘nalishlar harakati davom etishi aytilmoqda.

Haftalik parvozlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

  • Toshkent-Buxoro-Toshkent;
  • Toshkent-Samarqand-Toshkent;
  • Toshkent-Qarshi-Toshkent;
  • Toshkent-Navoiy — Toshkent;
  • Toshkent-Namangan-Toshkent;
  • Toshkent-Nukus-Toshkent;
  • Toshkent-Termiz-Toshkent;
  • Toshkent-Urganch-Toshkent;
  • Toshkent-Farg‘ona-Toshkent;
  • Farg‘ona-Urganch — Farg‘ona;
  • Farg‘ona-Buxoro-Farg‘ona;
  • Farg‘ona-Navoiy-Farg‘ona;
  • Samarqand-Urganch-Samarqand;
  • Buxoro-Urganch-Buxoro.

“Silk Avia” taklif qilingan uchta tarif shartlariga kichik o‘zgartirishlar kiritdi. Chipta narxi yo‘lovchining ehtiyojlariga qarab o‘zgaradi:

Tarif nomi
Qo‘l yuki
Yuk
Chiptani qaytarish
Qayta ro‘yxatdan o‘tish
Oddiy
5 kg.gacha, 40 sm * 30 sm * 20 sm
yo‘q
yo‘q
yo‘q
Oson
5 kg.gacha
10 kg.gacha
yo‘q
ha
Omad
5 kg.gacha
20 kg.gacha
ha
ha

Shuningdek, 1-iyundan sotuvlar chuqurligi 5 oygacha oshadi, ya’ni chiptalarni 29-oktabrgacha bo‘lgan sanalar uchun sotib olish mumkin.


Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airways” Yoshlar oyligi munosabati bilan 15% chegirma e’lon qilgani haqida yozgandi.

Chegirma 9−30-iyun kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun amal qiladi.