“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” “Yoshlar oyligi” o‘tkazilishi munosabati bilan 30-iyungacha mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalariga 15% chegirma e’lon qildi.

Chegirmali chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalarida rasmiylashtirish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotni 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airways” Yoshlar oyligi munosabati bilan 15% chegirma e’lon qilgani haqida yozgandi.

Chegirma 9−30-iyun kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun amal qiladi.

Shuningdek “Uzbekistan Airways” Qurbon hayiti munosabati bilan mahalliy yo‘nalishlarga 50%gacha chegirma e’lon qildi.

Undan 28-iyundan 2-iyulgacha amalga oshiriladigan mahalliy qatnovlar uchun foydalanish mumkin.

Bundan tashqari “Silk Avia” Qurbon Hayiti munosabati bilan chiptalariga 30%gacha chegirma e’lon qildi.

Chegirmalar 27-iyundan 2-iyulgacha mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun amal qiladi.