23-iyun kuni soat 18:30da “IT Park” Toshkent binosida “Biznesni avtomatlashtirish va qanday mutaxassislar kerak?” mavzusida Edusession bo‘lib o‘tadi.

Tadbir spikeri — “Siroca Tech” direktori, “IT Park” rezidenti Vasiliy Kogay bo‘ladi.

Sessiya davomida u biznesni avtomatlashtirishning ahamiyati, xalqaro tajriba, tibbiyotni raqamlashtirish hamda foydalanuvchilar IT-kompaniyalardan nimani kutayotganlari haqida gapirib beradi.

Shuningdek, ishtirokchilar quyidagilar haqida bilib oladilar:

  • biznes jarayonlarini avtomatlashtirish nima degani;
  • ushbu kasb uchun qanday taʼlim darajasi talab qilinadi;
  • masofaviy ravishda ishlash mumkinmi;
  • karyera zinapoyasida koʻtarilish mumkinmi.

Sessiyada ishtirok etish bepul bo‘lib, u rus tilida olib boriladi.

Arizalar 22-iyunga qadar havola orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Spiker haqida maʼlumot:

Vasiliy Kogay IT sohasidagi faoliyatini 16 yoshida boshlagan. 2018−2021-yillarda u “Siroca Technology” xalqaro IT kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili boʻlib ishlagan, 2021-yilda esa korxona direktori boʻlgan.

Vasiliy “Fox Studio” tirnoq studiyasi asoschisi, “Amac” restorani va Namangandagi “Ponchik” qahvaxonasi hammuassisi.


Avvalroq “Spot” “AgriTech4Uzbekistan” innovatsion tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlangani haqida yozgandi.