Endilikda Yagona portal hamda “Litsenziya” axborot tizimi orqali qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat uchun litsenziya olish mumkin.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

  • investitsiya vositachisining faoliyati;
  • investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyati.

Xizmat Moliya vazirligining tegishli ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati 20 kunni, to‘lanadigan yig‘im miqdori 1 mln 320 ming so‘mni (BHMning 4 baravari) tashkil qiladi.

Xizmatdan yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin bo‘lib, litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.


Avvalroq Yagona portal hamda “Litsenziya” portali orqali sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun litsenziya olish mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, “Spot” turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya hamda avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma qanday olinishi haqida ma’lumot bergandi.