“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi"ning eticket.railway.uz veb-saytiga o‘zgartirish va qulayliklar kiritildi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Xususan, e-ticket.railway.uz veb-sayti yangi dizayn va qulayliklar bilan eticket.railway.uz nomiga o‘zgartirildi.

Endilikda yo‘lovchilar sayt orqali onlayn xarid qilingan chiptalarni saytning o‘zida tekshirishi hamda ma’lumot olishlari mumkin.

Onlayn tarzda chipta xarid qilish uchun mazkur sayt yoki “Uzrailways ticket” mobil ilovasidan foydalanish mumkin.

Shuningdek, amaldagi chipta.railway.uz sayti orqali ham chiptalarni rasmiylashtirish mumkin.