Toshkent ekspatlar uchun dunyodagi eng arzon shaharlar o‘nligi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda “Mercer” konsalting agentligi reytingida ma`lum qilindi.

Agentlik har yili shaharlarni chet elliklarning yashash narxi bo‘yicha reytingini tuzadi.

U har bir shahardagi 200 dan ortiq toifalarning nisbiy qiymatini o‘lchaydi, jumladan, uy-joy, transport, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari va o‘yin-kulgu. Ma’lumotlar joriy yilning mart oyida to‘plangan.

Toshkent chet ellik ishchilar uchun eng arzon shaharlar reytingida bir yilda uch pog‘onani yo‘qotib, o‘ninchi o‘rinni egalladi.

Toshkent Tunis, Durban (Janubiy Afrika), Anqara va Vindxuk (Namibiya)dan bir oz pastroq o‘rinda. Markaziy Osiyodagi muhojirlar uchun yashash uchun eng arzon joylar Dushanbe va Bishkekdir.

Islomobod, Karachi (Pokiston) va Gavana (Kuba) dunyodagi eng arzon shaharlar deb tan olingan.

Dunyoning eng qimmat joylari o‘ntaligiga Yevropaning beshta shahri kiradi, ulardan to‘rttasi Shveysariyada, beshinchi o‘rinda Kopengagen joylashgan.

Dastlabki ikki o‘rin Osiyo shaharlariga nasib etdi: Gonkong va Singapur. Ushbu ro‘yxatga Nyu-York, Tel-Aviv va Nassau (Bagama orollari) ham kiradi.

Bu yil “Mercer” tadqiqotchilari butun dunyo bo‘ylab inflyatsiya bosimini qayd etishdi.

Iste’mol savatini tahlil qilar ekan, ular narxi eng ko‘p oshgan shakar, o‘simlik moyi va sariyog‘ni ajratib ko‘rsatishdi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekiston dunyoning eng kuchli pasportlari reytingida ikki pog‘ona pastlagani haqida yozgandi.

Iyun oyida O‘zbekiston 96 davlat orasida 69-o‘rinni egallagan bo‘lsa, yangilangan reytingda 71-o‘rinni egalladi.