Kanadaning “Arton Capital” konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan “Pasport Index” xalqaro pasport mustahkamligi reytingida O‘zbekiston 97 davlat orasida ikki pog‘ona pastlab 71-o‘rinni egalladi.

Mazkur reytingda O‘zbekiston 2023-yil iyun oyi natijalari bilan 69-o‘rinni egallagandi.

Reytingni tuzishda kompaniya pasportlarni ularning egalari qancha davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda viza olish orqali nechta mamlakatga bora olishiga qarab baholagan.

Oʻzbekiston fuqarolari 24 ta davlatga vizasiz borishlari, 45 ta davlatga borganda viza rasmiylashtirish kerak bo‘ladi, ikki davlat uchun esa mamlakatga kutilayotgan kelish vaqti talab qilinadi. 127 ta davlatga tashrif buyurish uchun umumiy belgilangan tartibda kirish vizasi talab qilinadi.

Dunyodagi eng kuchli pasport egalari BAA fuqarolari bo‘ldi. Ular uchun 125 ta davlatda vizasiz rejim mavjud, yana 55 ta davlatga kelganida vizani olish mumkin.

Afg‘oniston oxirgi qatorda — atigi 5 ta davlat o‘z fuqarolariga vizasiz sayohat qilishni taklif qiladi, yana 35 davlatga kelganida vizaga murojaat qilishlari kerak.

MDH hududida Rossiya rasmiy ravishda peshqadamga aylandi, 125 mamlakat krsatkichi bilan 35-rin. Mamlakat fuqarolari 74 davlatga vizasiz rejimda, 46 tasiga ega kelish vizasi bilan bora oladi. Hamdoʻstlik mamlakatlari orasida eng zaif pasport Turkmanistonga tegishli.


Avvalroq “Spot”Henley Passport Index” reytingida O‘zbekiston 88-o‘rinni egallagani haqida yozgandi.