Toshkentdan uchta yo‘nalish bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlar qo‘yildi, deya ma’lum qildi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati.

Xususan, 10-iyul kuni 780/779-sonli Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha 1 ta reys harakati quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

780-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishi

  • Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21;

779-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishi

  • Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50.

7-iyul kunidan 10-iyul kunigacha 767/768-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi

  • Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19;

768-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi

  • Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.

Shuningdek, Toshkent-Xiva-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 reysga qatnovlar yo‘lga qo‘yilib, quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

7, 9-iyul kunlari 156-sonli Toshkent-Xiva yo‘nalishi:

  • Toshkent 16:28 — Xiva 7:10;

8, 10-iyul kunlari 155-sonli Xiva-Toshkent yo‘nalishi:

  • Xiva 8:28 — Toshkent 00:30.

Qatnovlar haqida batafsil ma’lumotlarni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Chiptalarni esa temir yo‘l chiptaxonalari hamda havola orqali onlayn olish mumkin.