Misrning “Raya CX” (Raya Customer Experience) BPO kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya mamlakat salohiyatini chuqurroq o‘rganib, mintaqada o‘z biznesini rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Xorijiy investorlarni jalb etish va qo‘llab-quvvatlash borasida O‘zbekiston tomonidan ochiq va konstruktiv muloqot muhimligi ta’kidlandi.

Raya CX” kompaniyasi 2001-yilda tashkil etilgan. U aloqa markazlari, virtual yordamchilar, autsorsing va konsalting kabi xizmatlarni taqdim etadi.

Avvalroq O‘zbekistonda IT-autsorsingni rivojlantirish uchun xorijiy kompaniyalar jalb qilinishi haqida xabar berilgandi.

Xususan, “Callzilla” rahbari O‘zbekistonda “Microsoft” mahsulotlaridan foydalangan holda BPO faoliyatini tashkil etish imkoniyatlariga qiziqish bildirdi.

Kompaniya kelajakda kengayish imkoniyati bilan “Microsoft” mahsulotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoasi uchun dastlab 25 kishini yollashni rejalashtirmoqda.

BPO bo‘yicha dunyo va O‘zbekiston tajribasi haqida tahlilchi hamda R&D mutaxassisi Timurmalik Elmuradovning maqolasi e’lon qilingandi.