O‘zbekistonda Monopoliyaga qarshi ekspert-yuristlar Assotsiatsiyasi tashkil etilmoqda. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Bu bo‘yicha Toshkentda kelishuv imzolanib, ekspertlar raqamli bozorlarda raqobat qonunchiligini ta’minlash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida uchrashdi.

Hujjat quyidagi maqsadlarga ega:

  • monopoliyaga qarshi qonunchilik va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli hujjatlarni qo‘llash amaliyotini shakllantirish;
  • tadbirkorlar, ekspertlar hamjamiyati va qo‘mita o‘rtasida muloqot o‘tkazishga ko‘maklashish;
  • raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan normalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • raqobatni tartibga solish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jahon tajribasini tahlil qilish hamda foydalanish kabilar.

Avvalroq yangi tahrirda “Raqobat to‘g‘risida"gi qonun qabul qilingandi. Hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi.