“Meta” asoschisi Mark Sukerberg o‘zining “Threads” ijtimoiy tarmog‘ida Ilon Mask bilan sport oktagonida jang qilishdan bosh tortayotganini ma’lum qildi.

Sukerberg raqibining kuch to‘plashini kutishdan charchagani haqida post yozdi.

“O‘ylaymanki, biz hammamiz Ilon jiddiy emas va davom etish vaqti keldi degan fikrga qo‘shilamiz. Men haqiqiy sanani taklif qildim. Dana Uayt uni qonuniy xayriya musobaqasiga aylantirishni taklif qildi. Ilon sanani tasdiqlamadi, keyin operatsiyaga muhtojligini aytdi”, — deb yozadi Mark “Threads"dagi sahifasida.

Agar Ilon haqiqiy sana va rasmiy voqea haqida jiddiy o‘ylasa, u men bilan qanday bog‘lanishni biladi. Aks holda, davom etish vaqti keldi. Men bor e’tiborimni sport bilan jiddiy shug‘ullanadigan odamlar bilan bellashishga qarataman, deydi u.

Avvalroq Mask va Sukerberg o‘rtasidagi jangning tahminiy sanasi ma’lum bo‘lgandi.

Sukerbergning ma’lum qilishicha, u Maskga 26-avgust sanasini taklif qilgan, lekin u buni tasdiqlamagan.

“Men bugun ham tayyorman. U meni birinchi marta duelga chorlaganida, men 26-avgust sanasini taklif qildim, lekin u buni tasdiqlamadi”, deb yozdi “Meta” rahbari.

Ilon Mask mazkur jangga tayyorlanishda Xabib Nurmagomedovning shaxsan o‘zi mashg‘ulot o‘tkazishini xohlagan, biroq u rad javobini bergan.

“Ammo Xabib buni rad etdi, sabablari bizga noma’lum”, deyiladi “TACC” nashri bergan xabarda.

Ilon Mask iyun oyida Mark Sukerbergni oktagonda jang qilishga chaqirgandi.

Mask “Meta” rahbarining “Twitte"ga raqobatchi “Threads"ni yaratish rejalari haqidagi xabarga shunday munosabat bildirgan.

“Agar u rozi bo‘lsa, men u bilan oktagonda jang qilishga tayyorman”, — deb yozdi Mask “Twitter"dagi sahifasida.

Oz navbatida, “Facebook” asoschisi taklifni qabul qildi va “Instagram"da “Menga joylashuvni yuboring” deb yozdi.

KeyinchalikIlon Maskning onasi Mey Mask “Meta” bosh direktori Mark Sukerberg bilan jangini bekor qildi.

“Aslida men jangni bekor qildim. Men ularga bu haqda hali aytmadim. Ammo har ehtimolga qarshi jang bekor qilinganini aytishda davom etaman”, deb yozdi Maskning onasi “Twitter"da.