“Aviasales.uz” xizmati tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, o‘zbekistonliklar orasida Turkiyaga kuzgi reyslarga talab ortib bormoqda (hisobot “Spot"da mavjud).

Sentabr oyidagi bronlash ma’lumotlariga ko‘ra, Istanbul o‘zbekistonliklar uchun eng mashhur uchta yo‘nalishdan biri hisoblanadi.

Shu bilan birga, Moskvaga chiptalar o‘tgan yilga nisbatan 21% kamroq sotib olinsada, garchi u talab bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda.

Moskvaga chiptaning o‘rtacha narxi 2,24 mln so‘mni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan Sankt-Peterburgga parvoz ikki barobar qimmat — 4,58 mln so‘m. Istanbulga chipta narxi 2,57 mln so‘mni tashkil qiladi.

Sentabr oyidagi eng arzon chiptalar Samarqanddan Olmaotaga o‘rtacha 598647 so‘mni tashkil etadi.

Samarqanddan Abu-Dabiga arzon sayohatni ham rejalashtirish mumkin — o‘rtacha chek 975693 so‘m.

“Aviasales” tahlilchilarining fikricha, kuz mavsumida parvozlar yozga qaraganda o‘rtacha 12%ga arzon.

Bunda Abu-Dabiga chiptalar 2%ga, Istanbulga 3%ga, Seulga esa 7%ga arzonlashgan.


Avvalroq “Spot” O‘zbekiston rossiyaliklar kuzda borishni reja qilgan yo‘nalishlardan biriga aylangani haqida yozgandi.

Shuningdek, mamlakat aholisi Turkiya, Misr va BAA kabi mamlakatlarga sayohat qilishni rejalashtirgan.