Avvalroq prezidentning tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalar va rejalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qaror imzolangandi.

Hujjat bilan, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat kengashining rolini kengaytirish bo‘yicha takliflar ma’qullangan. Kengash o‘tgan yili tadbirkorlik faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha maslahat organi sifatida tashkil etilgandi.

Kengash majlislari oyiga kamida bir marta o‘tkaziladi. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgungacha muhokama qilinadi.

Qaror bilan kengashning yangilangan tarkibi ham tasdiqlangan. Unga ko‘ra, kengash a’zolari soni 22 tadan 30 tagacha oshirilib, yangilangan tarkibda ayrim amaldorlar hamda tadbirkorlar yo‘q.

Kengashning yangi a’zolari quyidagilardan iborat:

  • D.Vahobov — Savdo-sanoat palatasi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi
  • D.Qosimov — Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
  • Lavozimi bo‘yicha — “Biznesni rivojlantirish banki” raisi
  • E.Abdullayev — “Sun-Hightech” ta’sischisi
  • R.Abdullayev — Almerro Group ta’sischisi
  • L.Belousova — O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi direktori
  • O.Boltayev — “Well Done” oilaviy korxonasi rahbari
  • S.Golosova — “Tri-s-Audit” direktori
  • A.Dobrix — “Iftihor Kiyim Sanoat” ta’sischisi
  • J.Yesmurzayev — MEDICAL CENTRE ta’sischisi
  • F.Ilyosov — “Ilyasov” ta’sischisi
  • A.Irchayev — “Universal bank” kengashi raisi
  • J.Ismatullayev — “Chust Textile” konsultanti
  • S.Isonbayev — “Dentafill Plyus” direktori
  • Y.Lasselsberger — “Lasselsberger” ta’sischisi
  • G.Mahmudova — “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyam raisi
  • H.Mamasaidov — “Dekos Group” korxonasi rahbari
  • Z.Mustafoyev — “Uzbek Leasing International” bosh direktori
  • Sh.Muhammadjonov — “United Tax Advisors” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori
  • S.Nasriddinov — “Agro Prodex Group” direktori
  • U.Rahimov — “Kid's Plate Distrubition” ta’sischisi
  • U.Rasulov — “Orient Ceramic” ta’sischisi
  • U.Safarov — “Soliq kalkulyatori” direktori
  • F.Toshtemirov — “K7 Hotel Management” direktori
  • M.To‘laxo‘jayeva — O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi
  • X.O‘roqov — “Navobod naslli parranda” fermer xo‘jaligi rahbari
  • Z.Hoshimov — “Anglesey Food” kuzatuv kengashi raisi
  • T.Sharipov — “Procab” direktori.
  • Y.Yusupov — “Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish markazi” direktori.
  • Lavozimi bo‘yicha — Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig‘i, Jamoatchilik kengashi kotibi.

Quyidagilar kengash a’zoligidan chiqarilgan:

  • Sardor Umurzoqov — Prezident Administratsiyasining sobiq rahbari;
  • Laziz Qudratov — Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;
  • Ilhom Norqulov — Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari;
  • Sherzod Kudbiyev — Davlat soliq qo‘mitasi boshlig‘i;
  • Obid Hakimov — Prezident maslahatchisi o‘rinbosari;
  • M.Allayarov — Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza bo‘limi mudirining o‘rinbosari;
  • Mirziyod Yunusov — “O‘zeltexsanoat” rahbari;
  • Abdulla Abduqodirov — “Double A Solutions” asoschisi;
  • Sarvar Axadov — “Texnopark” direktori;
  • Murod Nazarov — “Murad Buildings” ta’sischisi;
  • Q.Panayev — “Uy-Jay Qurilis” direktori;
  • Fazliddin Sirojiddinov — “Uztex Group” direktori;
  • Kamol Abdullayev — “Sam Antep Gilam” qo‘shma korxonasi direktori;
  • Toji Rasulov — “Rasulov Toji” direktori ;
  • Jasur Aminov “Red Star Oxus” direktori.

Avvalroq mamlakatda Tadbirkorlar kuni munosabati bilan bir qator tadbirkorlar taqdirlangandi.