Xitoyning raqamli intellektual datchiklar va chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi O‘zbekistonda tadqiqot markazini ochadi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligida Shandun provinsiyasi Dechen Xalq Hukumati, “Dezhou Huake Semiconductor” hamda “Bitmain Huake Semiconductor Research Institute” qo‘shma korxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda yuqori aniqlikdagi raqamli intellektual datchiklar va chiplarni ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqotlar markazini tashkil etish va uning kelgusidagi faoliyati muhokama qilindi. Tomonlar loyiha doirasida memorandum imzoladi.

Joriy yilning yanvar oyida Xitoyning “Shandong Huake Semiconductor Research Institute” kompaniyasi O‘zbekistonda yuqori aniqlikdagi raqamli intellektual datchiklar va chiplar ishlab chiqarga qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi.

Avvalroq Xitoyning “Chongqing International Logistics Hub Park” bilan Navoiy EIZ hududida logistik xab tashkil etishga kelishilgandi.