O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida havo qatnovini amalga oshirishda aviakompaniyalar soniga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu bo‘yicha, Isroil davlati transport va yo‘l harakati xavfsizligi vaziri Miri Regev va O‘zbekistonning Isroildagi favqulodda va muxtor elchisi Feruza Mahmudovalar tegishli hujjatni imzolagan.

Gap “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Isroil Davlati Hukumati o‘rtasida tuzilgan havo transporti to‘g‘risida Bitim"ga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma haqida ketmoqda.

Mazkur hujjatda ikki davlat o‘rtasida havo qatnovini amalga oshirish uchun aviatashuvchilar soni va yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan cheklovlar olib tashlanishi nazarda tutilgan.


Avvalroq Rossiyaning “UVT Aero” kompaniyasiga Qozon-Samarqand yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgandi.