Rossiyaning “UVT Aero” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi, deya xabar bermoqda “O‘zaviatsiya” agentligi.

Xususan, agentlik O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim asosida ekspluatatsion ruxsatnoma berdi.

Qayd etilishicha, parvozlar Qozon-Samarqand-Qozon yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilib, CRJ-200 havo kemalarida amalga oshiriladi.

Avvalroq “O‘zaviatsiya” agentligi uchta xorijiy aviakompaniyaga O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma bergandi.

Xususan, Hindistonning “IndiGo”, Polshaning “LOT Polish Airlines” va Malayziyaning “Malindo Airways” aviatashuvchilarni amalga oshiradi.

UVT Aero aviakompaniyasi 2015-yilda havo transportida muntazam va charter yo‘lovchi tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olgan. Xalqaro reyslarni amalga oshirish uchun esa 2017-yilda ruxsat olingan.


Avvalroq “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent-Myunxen yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni boshlashi haqida xabar berilgandi.