“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent-Myunxen-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Parvozlar joriy yilning 29-oktabridan yo‘lga qo‘yilib, haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviachiptalarni 15-avgustdan kompaniya rasmiy saytidan 3% chegirma bilan xarid qilish mumkin. Bundan tashqari, aviakompaniya ilovasi hamda Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish imkoniyati mavjud.

Bu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar 2020-yilning 1-aprelidan boshlanishi rejalashtirilgandi. Biroq bu davrda pandemiya boshlanishi bilan qatnov amalga oshirilmay qolgandi.

Avvalroq kompaniya Mustaqillik bayrami munosabati bilan 50% chegirma e’lon qilgandi. Chegirmalar 1−3-sentabr kunlari barcha mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun amal qiladi.