“IT Park” “C Space” kovorking markazi bilan startaplar uchun “Startup Battle” tanlovining yangi to‘lqiniga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

“Startap Battle” tanlovi o‘z loyihalarini hakamlar hay’ati va tomoshabinlarga namoyish etish, ekspertlardan fikr-mulohazalar va maslahatlar olish hamda boshqa startaplar va salohiyatli investorlar bilan aloqa o‘rnatishga qaratilgan.

Unda mamlakatning 30 yoshgacha bo‘lgan startaperlari ishtirok etishi mumkin. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, o‘z loyihalarini yirik tadbirlarda taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Tanlov joriy yilning 17-sentabr kuni, soat 11:00da “C Space” kovorking markazida o‘tkaziladi.

Unda ishtirok etish uchun 16-sentabrgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq “mGovAward” tanlovining uchinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Arizalarni 1-oktabrgacha jo‘natish mumkin.