Markaziy bank avgust oyi bo‘yicha pul agregatlari statistikasini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan oyda milliy valyutadagi pul massasi 9,9 trln so‘mga oshib, 158 trln so‘mni tashkil etgan.

Yanvar oyida milliy valyutadagi pul massasi 138,8 trln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, sentabrga kelib bu ko‘rsatkich 19,2 trln so‘mga ortgan.

O‘tgan oyda muomaladagi naqd pullar massasi iyul oyidagi pasayishdan so‘ng 2,2 trln so‘mgacha ko‘payib, 48,8 trln so‘mni tashkil etdi.

Milliy valyutadagi talab qilib olguncha depozitlar qariyb 44 trln so‘mga yetgan. Iyul oyiga nisbatan 4,1 trln so‘mga oshgan.

Shuningdek, bu davrda xorij valyutasidagi depozitlar bir oyda 2,7 trln so‘m qiymatidagi o‘sish bilan 47,6 trln so‘mga yetgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida umumiy pul tushumlari 295,4 trln so‘mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 30,7%ga oshgandi.