Joriy yilning 20-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda AQShning “Citigroup” moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Duganni qabul qildi.

Davlat rahbari O‘zbekiston banklari va davlat korxonalari obligatsiyalarining xalqaro fond bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirilishiga ko‘maklashgan korporatsiya bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi.

Prezident “Citigroup"ning mamlakatda “Citibank” sho‘ba banki ofisini ochish bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatladi.

aqsh, citibank, citigroup, hamkorlik

Uchrashuvda bank-moliya sohasini rivojlantirish, fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar jozibadorligi va likvidligini oshirish uchun samarali vositalarni joriy etish, mamlakat kapital bozoriga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

AQSh korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlar va aniq ijro muddatlarini ko‘rsatgan holda “yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishildi.

Avvalroq prezident “Boston Consulting Group” kompaniyasi raisi Rich Lesser hamda Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasi bo‘yicha rahbari Rza Nuriyev bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqqandi.